15:51 / 06.06.2016
5761

Qozog‘iston aviakompaniyasi YaK-40 samolyotini bepul taqdim etishga tayyor

Qozog‘istonning Air Control aviakompaniyasi o‘zining parvoz muddatini poyoniga yetkazgan YaK-40 yo‘lovchi samolyotini bepul taqdim etishga tayyorligini bildiradi, deb xabar qilgan kompaniya sayti. 

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot ayni vaqtda «Almati» aeroporti samolyotlar turargohida. Ammo, unda parvoz qilish mumkin yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan. 

Hozirda, Air Control ijtimoiy loyihalarga oid murojaatlarni ko‘rib chiqmoqda. 

«Misol uchun, samolyotni bolalar uchun xursandlik bilan taqdim etamiz. Ular uchun bundan ham yaxshi attraksion topish mushkul ish bo‘lsa kerak?», -deyiladi xabarnomada. 

Kompaniyaning Feysbukdagi sahifasida samolyotning intereriga oid suratlar joylangan. 

YaK-40 1967 yildan sobiq Ittifoqda ishlab chiqarila boshlangan. Jami 1000 dan ortiq shu turdagi havo layneri yetkazib berilgan. Samolyot modifikatsiyasiga ko‘ra, 27 dan 40 kishigacha ko‘tara oladi. YaK-40 ning o‘z vazni salkam 10 tonnadir. Uning parvoz qilish muddati 25 yil.

Top