Qozog‘iston Energetika vazirligi: 2016 yili 74 mln tonna neft qazib olish rejalashtirilgan
Qozog‘iston joriy yilda 74 mln tonna neft qazib olishni rejalashtirgan. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi rahbari Kanat Bozumboyev ma'lumotiga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan.
"Neftning jahon bozoridagi narxi 30 dollar atrofida bo‘lib turgani holda neft qazib olishning yillik hajmini 74 mln tonnaga yetkazishni maqsad qilganmiz", degan u.
Vazirning qayd etishicha, "yilning birinchi choragida mamlakatda 26,2 mln tonna neft qazib olingan".
"Biz joriy rejadan 4 foizga oldindamiz", degan Bozumboyev.
Vazirning aytishicha, "mahsulot narxlarining ortishi kompaniyalarga qo‘shimcha burg‘ilash ishlari olib borishga va yil rejasini ortig‘i bilan bajarishga imkon beradi.
Bozumboyev xalqaro ekspertlarning neft narxi 2017-2018 yillarda barreliga 60-65 dollargacha ortishi haqidagi prognozlarini eslatib o‘tgan.
"Biz 2017 yildanoq neft narxlarida barqarorlik yuzaga kelishini kutmoqdamiz. Mamlakatda qazib olinadigan neftning asosiy ulushi "TShO", "Karachaganak Petrolium" kompaniyalari va Kashagan havzasiga to‘g‘ri keladi", deya qo‘shimcha qilgan vazir.
2015 yili Qozog‘istonda 79 mln tonna neft qazib olingan.