Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston IIV: Aqto‘beda jabrlanganlar va halok bo‘lganlar oilalariga yordam beriladi
Qozog‘iston IIV va mahalliy hukumat, mamlakat g‘arbidagi Aqto‘be shahriga ekstremistlarning hujumidan halok bo‘lgan va jabrlangan harbiylar hamda politsiya xodimlariga yordam berish choralarini ko‘rmoqda. Respublika ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov vazirlar mahkamasi yig‘ilishida shu haqda ma'lum qilgan.
Aqto‘be viloyati rahbari Berdibek Saparbayevning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy ijro hokimiyati va huquq-tartibot idoralari Aqto‘bedagi vaziyatni o‘z nazoratida ushlab turibdi. U ayni vaqtda "barqaror" deb baholanmoqda.
Respublika IIV ma'lumotlariga ko‘ra, 5 iyun kuni "noan'anaviy diniy radikal oqimlar" tarafdorlaridan iborat guruh, Milliy Gvardiyaning Aqto‘bedagi harbiy qismi hamda shahardagi qurol do‘konlariga hujum qilgan. Buning oqibatida, qurbonlar va yaralanganlar bor. Politsiya, qator jinoyatchilarni yo‘q qilgani va hibsga olgani haqida ma'lum qilgan. Jinoyatga aloqador boshqa kishilar shaxsi aniqlangan, ular qidirilmoqda.
Ayni vaqtda, shaharda aksilterroristik amaliyot tartibi hukm surmoqda. Respublika prezidenti Nursulton Nazarboyev Aqto‘bedagi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.