09:00 / 06.06.2016
4189

«Lester» Vardini olib qolish uchun yuqori maosh taklif qildi, lekin u «Arsenal» bilan 4 yillik bitim tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Lester» rahbariyati jamoa hujumchisi Jyeymi Vardining «Arsenal»ga o‘tishi bo‘yicha jarayonni to‘xtatib qolishga urinishdi.

29 yoshli hujumchi fevral oyida jamoa bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirib, haftalik maoshi miqdorini 60 ming yevroga oshirib olgandi. «Lester» shu kunlarda unga yanada ko‘proq maosh to‘lashni nazarda tutuvchi yangi shartnoma taklif qilgan.

The Telegraph xabariga ko‘ra, Vardi «Arsenal» bilan 4 yillik shartnoma tuzish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishib bo‘lgan, uning londonliklar jamoasidagi maoshi miqdori haftasiga 100 ming funtni tashkil etadi.

Londonliklar klubi ushbu transferni Yevro-2016 boshlanguniga qadar rasmiylashtirmoqchi. Vardi shu soatlarda «Arsenal» bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda «Arsenal»Vardini 20 million funt evaziga transfer qilishi haqida aytilgandi. Futbolchining ketayotgani haqidagi xabarni «tulkilar» bosh murabbiyi Klaudio Raneri ham tasdiqlagan.

Top