Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» va «Bavariya» 20 iyul kuni «Alyants-Arena»da o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
«Manchester Siti» va «Bavariya» jamoalari o‘rtasida 20 iyul kuni o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilinadi.
Xosep Gvardiolaning yangi va sobiq jamoalari o‘rtasidagi bu uchrashuv «Alyants-Arena» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu uchrashuv Gvardiolaning «Manchester Siti» boshqaruvidagi ilk o‘yini bo‘ladi.
Bundan oldinroq, «Manchester Siti» 7 avgust kuni, APL boshlanishiga 1 hafta qolganida Shvetsiyaning Gyoteborg shahridagi 44 ming kishilik «Ullevi» stadionida «Arsenal» bilan o‘ynashi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, «shaharliklar» mavsumlar oralig‘idagi tayyorgarlik jarayonida Dortmundning «Borussiya» Manchesterning boshqa jamoasi «Manchester Yunayted» bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Bu uchrashuvlar Xitoyda o‘tkazilishi aytilgan.