Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Ali o‘zi tug‘ilib o‘sgan Luisvill shahrida yerga qo‘yiladi
AQShda olamdan o‘tgan afsonaviy bokschi Muhammad Alining jasadi o‘zi tug‘ilib o‘sgan joy – Kentukki shtatining Luisvill shahriga olib kelingan. Uning dafn marosimi 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Alining jasadi Arizona shtatining Finiks shahridagai shifoxonadan samolyot orqali yetkazilgan. Bokschi oilasining vakili Bob Gannelning so‘zlariga ko‘ra, uning jasadini rafiqasi Lonni, shuningdek, yaqin do‘stlari va qarindoshlari kuzatib kelgan.
Luisvillda, mana, ikkinchi kundirki, odamlar Ali tug‘ilib o‘sgan joyga gullar olib kelishda davom etmoqda. Bokschining dafn marosimi ochiq bo‘lib, unda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar qatnashishlari mumkin.