O‘zbekiston | 18:46 / 06.06.2016
7274
1 daqiqa o‘qiladi
Mustaqillik prospekti bo‘ylab o‘tgan yo‘l uchastkasida avtotransportlar harakati tiklandi
Toshkent shahrining Mustaqillik prospekti bo‘ylab o‘tgan - «Buyuk ipak yuli» (sobiq «Maksim Gorkiy») metro bekatidan «Pushkin» metro bekatigacha bo‘lgan yo‘l uchastkasida avtomobillar harakati tiklandi.
Oy boshida yo‘llarda olib borilayotgan ta'mirlash ishlari sababli trassada avtotransport vositalari harakati cheklangan edi. Haydovchilar yopilgan yo‘lni aylanib o‘tish uchun Parkent ko‘chasidan foydalanishayotgandi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxtning markaziy tumanlarida yo‘llarni rekonstruksiya qilish ishlari shu yilning 10 iyunigacha tugatilishini ma'lum qilgan edi.
Ko‘priklar qurish va yo‘llarni kapital ta'mirlash bo‘yicha yirik ishlar esa 1 sentabrgacha tugatiladi.