Jahon | 21:53 / 06.06.2016
5707
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Fransiyada toshqinlardan ko‘rilgan zarar 1 mlrd yevrodan oshadi

Fransiya moliya vazirligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Parijda toshqinlardan ko‘rilgan ziyon 1 mlrd yevrodan oshadi. Bu haqda RNS nashri Le Figaro gazetasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. 

Vazir Mishel Sapenning aytishicha, toshqin ziyon ko‘rgan hududlarga "og‘ir oqibatlar" olib kelgan, biroq Fransiya iqtisodiyoti uchun emas. 

"Hukumat o‘z uyini tiklashga moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lmagan fuqarolarga yordam berish jamg‘armasini zudlik bilan yaratishga qaror qildi", deb aytdi vazir. 

Avvalroq Fransiya bosh vaziri Manuel Vals jabrlanganlarga "bir necha million" ajratilishini e'lon qilgan.

Avvalroq xabar berilganidek, Parijdagi Sena daryosi 1982 yildagi  rekord darajagacha ko‘tarildi. Luvr muzeyi Sena toshishi sababli toshqin ostida qolishi mumkin bo‘lgan san'at asarlarini evakuatsiya qildi.
 
Shuningdek, shaharda metropoliten yopilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish