Peruning sobiq bosh vaziri prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilmoqda
Peruning sobiq bosh vaziri Pedro Kuchinski mamlakat prezidenti saylovlarida yetakchilik qilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Ekzit-pol natijalariga ko‘ra, Kuchinski raqibi Keyko Fuximoridan biroz ko‘proq ovoz to‘plagan. Keyko Fuximori o‘ng sentristlar nomidan prezidentlikka nomzod va mamlakatning sobiq prezidenti Alberto Fuximorining qizi hisoblanadi. Alberto Fuximori hozirda korrupsiya va inson huquqlari sohasidagi jinoyatlar uchun qamoqda saqlanmoqda.
Ipsos kompaniyasining xabar berishicha, Kuchinski 50,4 foiz ovoz, Fuximori esa 49,6 foiz to‘plamoqda. GFK kompaniyasi so‘rovnomasiga ko‘ra, Kuchinski 51,2 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Biroq CPI kompaniyasi ma'lumotlari saylovlarda Fuximori 51,1 foiz ovoz bilan yetakchilik qilayotganini ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida prezident saylovlari bo‘yicha milliy byuro bu ma'lumotlar dastlabki va norasmiy ekanligini aytib o‘tdi.