Jahon | 20:28 / 06.06.2016
5291
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada NATOning katta miqyosdagi mashg‘ulotlari boshlandi

Polshada NATOning Anakonda nomli katta miqyosdagi mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar "Rossiyaning shiddatli harakatlariga" javoban o‘tkazilmoqda.

Bu orada Rossiya hukumatining aytishicha, NATO harbiylarining Rossiya chegarasi yaqinida joylashishi xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.

NATO harbiy mashg‘ulotlari 6 iyunda boshlandi. Unda Polsha, AQSh va alyansga a'zo qolgan 17 davlatdan hamda 5 ta hamkor davlatdan 31 ming harbiy ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish