Jahon | 23:23 / 06.06.2016
10306
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh prokuraturasi Yanukovichni Ukrainaga topshirishni rad etdi

Rossiya bosh prokuraturasining rasmiy vakili Aleksandr Kurennoy prokuratura Ukraina hukumatining mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni berish so‘roviga rad javobini berganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Ukraina bosh prokuraturasining Viktor Yanukovichni vaqtinchalik hibsga olish bo‘yicha iltimosnomasi ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, 1957 yil 13 dekabrdagi topshirish Yevropa konvensiyasining 3-moddasida ko‘zda tutilgan asoslarga ko‘ra ijrosiz qoldirildi", deb aytdi Kurennoy.

Kurennoyning ta'kidlashicha, Ukraina tomoni Rossiya bosh prokuraturasining rad etish asoslari haqida xabardor etilgan.

May oyi o‘rtasida Kiyev sudi Rossiyaga Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni videoaloqa orqali so‘roq qilish iltimosi bilan murojaat qilishga rozi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish