Iqtisodiyot | 16:20 / 06.06.2016
4057
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Eronga 2,5 mlrd yevro kredit taqdim etadi

Rossiya Eron Islom respublikasiga jami qiymati 2,5 mlrdga teng bo‘luvchi 2ta kredit transhini taqdim etadi, deya, moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchak. 

«Ikkita kreditning umumiy qiymati 2,5 milliard yevro atrofida. Uning bir qismi ko‘proq, ikkinchisi kamroq», — deb oydinlik kiritgan moliya vaziri muovini. 

Storchakning oydinlik kiritishicha, hukumat ushbu kredit bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi. 

Shu yilning 18 aprelida Storchak rasmiy Moskva va Tehron 5 mlrd dollar kredit bo‘yicha kelishib olgani xususida ma'lum qilgan edi. 

Taxminlarga ko‘ra, ushbu mablag‘lar, Eron elektr energiyasi va temiryo‘l transporti loyihalaridagi infratuzilmalar ijrosiga sarf etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish