10:25 / 06.06.2016
3993

Si Tszinpin: Xitoy va AQSh Osiyo-Tinch okeani havzasida hamkorlik qilishi kerak

XXR raisi Si Tszinpinning fikricha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Xitoy va Amerika uchun raqobat emas, balki hamkorlik maydoni bo‘lishi kerak, deb xabar qilgan RIA «Novosti» agentligi.

«Xitoy va AQSh OTM (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi)da hamkorlikni mustahkamlashi lozim. Bu hududning ulkanligi, ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobat maydoni emas, balki keng miqyosli hamkorlikka xizmat qilishi kerak», — degan so‘zlarni bildirgan XXR rahbari. 

Uning aytishicha, Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik, inklyuzivlikni namoyish etish bilan birga o‘z diplomatiyasi prinsiplaridan unumli foydalanmoqda. Bundan tashqari, rasmiy Pekin mintaqa rivojlanishi, unda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun o‘z majburiyatlariga sodiqdir. 

«Xitoy va AQShning OTMdagi keng manfaatlari, doimiy aloqada bo‘lish hamda yanada qalin munosabatlar olib borish, shuningdek, turli chaqiriqlarga birgalikda javob berish imkoniyatini yaratadi», —deya xulosa qilgan Xitoy yetakchisi.

Top