Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti va Iordaniya qiroli Muhammad Ali dafn marosimida uchrashadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn Husayn 4 iyunda vafot etgan afsonaviy amerikalik bokschi bilan vidolashuv marosimida dunyo yetakchilari, din arboblari va superyulduzlarga qo‘shilishadi.
Ma'lum qilinishicha, kaliforniyalik imom va olim Zohid Shokir KFC Yum! Center sport majmuasida dafn marosimini olib boradi.
Buyuk bokschining dafn marosimida islom, iudaizm, nasroniy, buddaviylik, mormon va katolik din vakillari ishtirok etadi. Marosimda AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton nutq so‘zlaydi.
Alining dafn marosimi 10 iyun, juma kuni uning ona shahri Luisvillda bo‘lib o‘tadi.