11:35 / 06.06.2016
3208

"VKontakte" 100 mln foydalanuvchisining sahifasi buzilganini inkor etdi

"VKontakte" o‘zining 100 mln nafar foydalanuvchisi sahifalarining buzib kirilganligi haqidagi OAV ma'lumotlarini inkor etdi. Ijtimoiy tarmoq mabuot xizmatining xabar berishicha, gap “2011 yildan 2012 yilga qadar firibgarlar tomonidan qo‘lga kiritilgan eski login va parollar haqida bormoqda”.

Shu sabab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining unga kirishdagi ma'lumotlari majburan o‘zgartirilgan.

Avvalroq AQShning Motherboard onlayn-portali “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari o‘g‘irlanganligi haqida ma'lum qilgan edi.

Top