Jahon | 09:58 / 06.06.2016
4904
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri shaxsan o‘z nomidan, shuningdek Davlat departamenti nomidan butun dunyo musulmonlarini Ramazon oyi bilan tabrikladi. Bu haqida Amerika boshqarmasining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

"Butun dunyodagi elchixona va konsulliklarimiz orqali biz Ramazon bilan bog‘liq qadriyatlarning muhimligini tan olamiz. Shu tariqa biz ijtimoiy birdamlikni, jamiyatning xilma-xilligi hamda xususiyatlariga hurmatni rag‘batlantirishga harakat qilamiz", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek Davlat departamentida butun dunyodagi 1,6 milliard musulmonga Ramazon oyi qutlug‘ kelishini tilab tabrik yo‘llandi. 

Boshqarmada Ramazonning Islom dinidagi muhim davr ekani hamda ro‘za tutish, mehmondorchilik va nochorlarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatiladigan muqaddas oyligi ta'kidlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish