Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilgi qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining timsollari tasdiqlandi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroiy qo‘mitasi 2018 yili Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining timsollarini tasdiqladi.
XOQning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Olimpiada o‘yinlarining timsoli sifatida tashkilotchilar Soohorang nomli oq yo‘lbarsni tanlashgan. Oq yo‘lbars Koreya mifologiyasida ishonch, kuch va himoya ramzi hisoblanadi. Oq rang esa oppoq qor va muz bilan bog‘liq.
Paralimpiya o‘yinlarining timsoli etib Bandabi nomli Himolay ayig‘i tanlandi.
Pxenchxan Olimpiada o‘yinlari 9-25 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 9-18 mart kunlari o‘tkaziladi.