Jahon | 12:48 / 07.06.2016
3643
1 daqiqa o‘qiladi

Aqto‘beda aksilterror amaliyotlar tufayli kechiktirilgan bitiruv imtihonlari topshirilishi boshlandi

Qozog‘istonning Aqto‘be shahrining bitiruvchilari Yagona milliy test sinovida qatnashishni boshlashdi. Aksilterroristik amaliyot natijasida qoldirilgan test imtihonlari ikkita test topshirish punktida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilgan "Interfaks" agentligi. Imtihonda 12ta maktabdan kamida 900 bitiruvchi qatnashmoqda. 

Test jarayoni Jubanov nomidagi Davlat Universiteti va Baishev nomidagi Universitetda bo‘lib o‘tayapti. Bolalarning xavfsizligini ta'minlash ishini Qozog‘iston fan va ta'lim vaziri Yerlan Sagadiyev nazorat qilmoqda.
 
Bundan avvalroq, mamlakat fan va ta'lim vazirligi Aqto‘bedagi test topshirish muddatini 6 iyundan 7 iyunga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. 

5 iyun kuni diniy radikallar shahardagi ikkita qurol do‘koni va Milliy Gvardiya harbiy qismiga hujum uyushtirishi oqibatida 6 kishi o‘ldirilgan, 38 kishi yaralangan edi. Ularning aksariyati harbiy xizmatchilardir.