Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Navoiy kutubxonasida “Til, nutq – tafakkur va milliy g‘oyamiz quroli” nomli ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
4 - iyun kuni Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 5 - qavatidagi katta zalda TVXTXQT va malakasini oshirish instituti jamoasi tashabbusi bilan “Til, nutq – tafakkur va milliy g‘oyamiz quroli” nomli ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda taqdim etilgan “O‘zbekiston” NMIU tomonidan nashr etilgan “Dil – qulf, til – kalit” hamda “Toshkentdan gapiramiz” nomli kitoblar institutning 200 ga yaqin tinglovchi pedagoglari, O‘zbekiston xalq artisti, va marhum san'atkori Qodir Maqsumovning kasbdoshlari, shogirdlari, farzandlari, nabiralari, teleradiokompaniyaning sobiq suxandonlari va boshqa nufuzli mehmonlar e'tiboriga havola etildi.
Tadbirni iste'dodli yosh radioboshlovchilardan biri Sirojiddin boshqarib, dastavval, mikrofon qarshisiga “O‘zbekiston” NIMU direktorining birinchi o‘rinbosari Ashurali Jo‘rayevni taklif etildi. Ashurali Jo‘rayev “Kitob – tafakkur qanoti” mavzuida ma'ruza qilib, chop etilgan kitoblarning ahamiyati borasida nutq so‘zladi.
So‘ng har ikkala kitob muallifi Rahimboy Jumaniyozovga so‘z berildi. Rahimboy Jumaniyozov kitobning yaralishi bilan bog‘liq tafsilotlarni keltirib o‘tdi. Qodir Maqsumovning radiodagi shogirdlaridan Tuhfaxon Axmedova hamda Dilsora Boboxonova ustozlari bilan bog‘liq xotiralarni o‘rtoqlashishdi.
Tadbir nihoyasida Madinaxon To‘ychiyeva tomonidan taqdim etilgan xorazmcha yallalar ijro etildi.