Jamiyat | 18:13 / 07.06.2016
5658
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda A.S. Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

Jahonda Pushkin ertaklarini bilmaydigan uning nazmiy va nasriy asarlaridan zavq olmagan millatning o‘zi bo‘lmasa kerak. Barchamiz bolalikdan uning sirli va sehrli ertaklari olamida ulg‘ayganmiz.

Yoshlar ma'naviyatini rivojlantirish, ularni xaqiqiy o‘zbek millatiga xos bo‘lgan dinlararo bag‘rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi rus xalqining sevimli shoiri va dramaturgi A.S.Pushkin tavalludining 217 yilligini keng nishonlash maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazdi.

Viloyatdagi ta'lim muassasalari va mahallalarda shiorning hayoti va ijodini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish uchun shoir sur'ati tushirilgan heshteglar ishlab chiqilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi. Oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'naviyat soatlari, davra suhbatlari hamda rasmlar tanlovlarida juda ko‘p yoshlar ishtirok etdilar.

Z.M.Bobur nomli viloyat kutubxonasida viloyat ma'naviyat- targ‘ibot Markazi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi, viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati, Andijon Davlat Universitetining majlislar zalida “Buyuk rus shoiri” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Unda o‘quvchi-talabalar tomonidan tayyorlangan turli chiqishlar shoirning hayotida muhim o‘rin egallagan voqea-hodisalar aks etgan sahna ko‘rinishlar, rus millatinig madaniyati va urf-odatlari aks ettiruvchi raqslar va musiqali chiqishlar ijro etilib, A.S.Pushkin ijodining o‘zbek she'riyatiga ta'siri haqida mutaxassislar fikri tinglandi.

Elmurod ERMATOV, Abdurasul G‘ulomov, Andijon

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish