Jahon | 18:21 / 07.06.2016
9885
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: Halab Erdo‘g‘an tuzumi mozoriga aylanadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tuzumi uchun mozor Suriyaning Halab shahri bo‘ladi. Suriya prezidenti Bashar Asadning aytishicha, bu shaharda "Erdo‘g‘anning barcha orzu va umidlari ko‘miladi". U bu haqda Xalq kengashi deputatlariga murojaatida aytib o‘tgan.

"Qachonki ular o‘z maqsadiga erisha olmagach, harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuvdan chiqib, terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Biz ko‘rdikki, Halabda tinch aholi vakillari va shifoxonalar o‘qqa tutildi. 

Erdo‘g‘anning fashistik tuzumi Halabni saqlab qolishga bor e'tiborini jam qilgan. Chunki, bu ularning oxirgi imkoniyati. Lekin Halab ular uchun mozorga aylanadi, bu yerda ularning bor orzu-umidlari yerga ko‘miladi", degan u.

U Rossiya, Eron, Xitoy va Livanga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirgan.

"Terrorizmning mag‘lubiyati muqarrardir. Rossiya, Eron, Xitoy kabi mamlakatlar bor ekan, ular suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etarkan, zolimlarga qarshi turuvchi va haqiqat uchun kurashuvchilar bor ekan, terrorizm yengiladi. Men do‘stlarga yordam uchun minnatdorchilik izhor etaman", degan Bashar Asad.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish