Jahon | 20:12 / 07.06.2016
8699
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj: Klinton xonimning "qirg‘iycha" siyosati dunyodagi ko‘plab mojarolarga sabab bo‘ldi

Wikileaks portali asoschisi Julian Assanjning fikricha, AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni respublikachi Donald Trampga nisbatan oldindan bilish mumkin bo‘lsa-da, uning "qirg‘iycha" siyosati dunyodagi ko‘plab mojarolarga sabab bo‘lgan. 

"Fikrimcha, Trampni oldindan aytib bo‘lmaydi, Hillari Klinton aksincha,  uning nima qilmoqchi ekanini aniq bilish mumkin. U siyosatda "qirg‘iy"ga o‘xshaydi...biz buni uning davlat kotibasi bo‘lgan vaqtlardagi yozishmalaridan ham bilib olamiz", — degan Assanj, "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro mediaforumda qilgan videoaloqa ma'ruzasida. 

"Uni yaqindan bilganlar Hillarini "aralashish siyosati qirolichasi" deyishadi. U, "urush va tinchlik" masalalarida naq muammoning o‘zginasidir", — degan fikrlarni bildirgan Vikiliks asoschisi.