Jamiyat | 19:02 / 07.06.2016
2962
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi qochqinlar uchun markazda yong‘in ro‘y berdi

Germaniyada qochqinlarni qabul qilish maqsadida tashkil etilgan markazlardan birida yirik yong‘in ro‘y berdi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, yong‘in vaqtida hududda 280 kishi bo‘lgan, ulardan hech biri jarohatlanmagan.

Bu yong‘in Dyusseldorfdagi ko‘rgazmalar zalida tashkil qilingan markazda ro‘y bergan.

Hodisa sabablari hozircha aniq emas. Yonayotgan bino tasvirlari internetda tarqalgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish