20:29 / 07.06.2016
14437

«Ishonch telefon»lari orqali qator qonunbuzarliklar aniqlandi

2016 yil 1 iyun holatiga davlat soliq xizmati organlarining «Ishonch telefon»lariga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 1169 ta holatda jami 221878,2 ming so‘m miqdorida nazorat - kassa mashinasiga kirim qilmaslik, 736 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda 19 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta'minlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Top