Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada ota-onalarning ishsiz farzandlarini boqish majburiyati muhokama etilmoqda
Ispaniya sudlari Fuqarolik kodeksi qoidalariga nisbatan ota-onalarning noroziligini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Unga ko‘ra, ota-onalar voyaga yetgan, ammo ishsiz farzandlarini moliyaviy qaramog‘iga olishlari talab etiladi, deb yozadi The Independent.
Qayd etilishicha, Ispaniyada, 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning 80 foizi ota-onalari bilan birga istiqomat qiladi. Ular ishlamaydi, tahsil olmaydi hamda ishsizlik nafaqasini ham olishmaydi. Ishsizlik nafaqasini olish uchun kamida olti oylik mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak. Shu boisdan ham yoshlarni boqish tashvishi ota-onasi zimmasiga yuklatilgan.
«Iqtisodiy inqiroz, tekinxo‘r bolalar soni ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ular, ota-onalari hisobiga yashashdan hech ham or qilishmaydi», — degan Oilaviy advokatlar assotsiatsiyasi prezidenti Mariya Dolores Lozano The Times nashriga bergan intervyusida.
Ispaniya qirolligi ishsiz yoshlar soni bo‘yicha Yevropada Gretsiyadan keyngi ikkinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, mamlakatda istiqomat qiladigan har to‘rtinchi ispaniyalik ishsizdir.