Jahon | 14:05 / 07.06.2016
11898
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi portlash: Qurbonlari soni 11 kishi, 38 kishi jarohatlandi

11 kishi Istanbuldagi avtobus bekati yonida sodir bo‘lgan portlash qurboniga aylangan. Bu haqda shahar gubernatori Vasip Shahin ma'lumot bergan.

Qurbonlardan 7 nafari politsiyachilar, 4 nafari esa tinch aholi vakillari bo‘lgan.

Shuningdek, 36 kishi jarohatlangan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Hodisa Istanbulning Boyazid tumanidagi Veznijiler bekati yaqinida yuz berdi. 

Portlash bekat yonidan politsiya avtobusi o‘tib ketayotgan vaqtda sodir etilgan. Turkiya televideniyesi xabariga ko‘ra, aynan u terakt nishoni bo‘lgan.