Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Qashqadaryoda o‘tkazilgan “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 335 nafar ishtirokchi arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar, tasviriy va amaliy san'at, adabiyot va jurnalistika yo‘nalishlarida iste'dodini namoyish etdi. Bu haqda "O‘zA" xabar bermoqda.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha saralangan 33 nafar ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
– Yoshlar mavzusi men uchun juda qiziqarli. Hozir viloyat televideniyesida jamoatchilik asosida yoshlar hayotiga oid lavhalar tayyorlayapman. Bugungi tanlovda iste'dod va imkoniyatimni yana bir bor sinab ko‘rdim. Buni qarangki, g‘oliblik menga nasib etdi. Kelajakda telejurnalist bo‘lmoqchiman,– deydi tanlovning adabiyot va jurnalistika yo‘nalishi g‘olibi Shohida Jo‘rayeva..