Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Klinton prezidentlik uchun rasman nomzod bo‘lishga yetarli ovoz to‘pladi
AQSh sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida rasman ilgari surilishi uchun delegatlarning yetarli miqdordagi ovoziga ega bo‘ldi. Bu haqda Associated Press tvitterida xabar qilingan.
Endilikda Klintonda delegatlarning 2383 ovozi bor va u partiyaning 25—28 iyul kunlari Filadelfiyada bo‘lib o‘tadigan s'yezdida AQSh prezidentligi uchun rasman nomzod sifatida ko‘rsatiladi.
Senator Bernli Sanders delegatlarning 1567 ovozini yiqqan.
Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp partiya s'yezdida prezidentlik uchun rasman nomzod bo‘lishi may oyi oxiridayoq ma'lum bo‘lgandi. U uch nomzod orasida eng ko‘p ovoz oldi - 1240 delegat ovozi.