Qozog‘iston IIV: Aqto‘beda 13 jangari yo‘q qilindi, terakt ishtirokchilari bo‘lgan yana 7 jangari ozodlikda qolmoqda
Qozog‘iston kuch tizimlari tomonidan Aqto‘beda o‘tkazilayotgan aksilterror amaliyotlar davomida o‘ldirilgan jangarilar soni 13 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston IIV matbuot xizmati rahbari Almas Sadubayevga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
Uning aytishicha, qurolli otishmalar davomida taslim bo‘lishni istamagan 13 kishi o‘ldirilgan, 4 nafari jarohatlangan va yana 7 jinoyatchini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
Uning ta'kidlashicha, mamlakat maxsus kuchlari to‘la tarkibda qat'iy rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda va qolgan jangarilarni izlamoqda.
5 iyun kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14.45da politsiyaga no'malum shaxslarning Aqto‘bedagi "Pallada" qurol do‘koniga, soat 15.45da esa Milliy gvardiya joylashgan hududdagi yana bir qurol do‘koni "Pantera"ga xujum uyushtirgani haqida xabarlar kelib tushgan. Xujum oqibatida "Pallada" do‘koni sotuvchisi, bir zobit va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Shaharning uchta tumanidagi hujumlar oqibatida jami 6 kishi halok bo‘lib, 20ga yaqin kishi jarohatlangan.
Mamlakatda 40 kunga terrorchilik xavfining "sariq darajasi" joriy etilgan.