Sport | 13:24 / 07.06.2016
3815
1 daqiqa o‘qiladi
"PSJ" yaqin kunlarda Unai Emeri bilan shartnoma imzolamoqchi
“PSJ” klubi rahbariyati “Sevilya” bosh murabbiyi Unai Emeri bilan muzokaralar olib bormoqda. Jurnalist Janluki Di Martsio bergan ma'lumotlarga ko‘ra, parijliklar tez orada ispaniyalik murabbiy bilan shartnoma imzolashni istashmoqda.
Shuningdek, Unai Emeri xizmatiga Italiyaning “Milan” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq jamoaning amaldagi rahbarlari klub aksiyalarining boshqaruv paketini sotish borasida xaridorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu sababdan Unai Emeri “Milan” bosh murabbiyi bo‘lishi ehtimoli yuqori emas.
Ma'lumot uchun, Unai Emeri qo‘l ostida “Sevilya” klubi ketma-ket 3 marotaba Yevropa ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.