Fan-texnika | 16:04 / 07.06.2016
4725
1 daqiqa o‘qiladi
Samsung 2017 yilda egiluvchan smartfonlarni taqdim etishga tayyorlanmoqda
Samsung kompaniyasi egiluvchan displeyga ega ikkita smartfon modelini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Gadjyetlar 2017 yil boshida namoyish etilishi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg nashri.
Ishlab chiqarilayotgan yangi qurilma Project Valley degan kodli nomni oldi.
Nashrning ta'kidlashicha, tayyorlanayotgan modellardan bir teng yarimga bukilishi mumkin. Qurilmalar Samsung bir necha yillardan beri ishlab chiqarayotgan OLED-displeyiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Samsung yangi smartfonlarni Barselonadagi Mobile World Congress doirasida taqdim etishi mumkin.
Kompaniya bu ma'lumotlarni izohlamagan.