Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni 2020 yilga kelib neftdan tashqari daromadlarini 141 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Saudiya Arabistoni podshohligi 2020 yilga kelib, neft sohasidan tashqari faoliyatidan tushadigan daromadni 3 barobar ko‘paytirib, uni 141 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. 6 iyun kuni Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan Milliy islohotlar dasturida shu kabi raqamlar keltirilgan. Mazkur reja, "Podshohlik nigohi-2030" deb nomlanuvchi mamlakatni rivojlantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, davlatning neftdan tashqari daromadlari 2020 yilda 530 mlrd riyol (141 mlrd)ni tashkil etishi kerak. Ayni vaqtda bu raqam, 163,5 mlrd riyol (43,6 mlrd dollar)dir. Ko‘zlangan natijaga, gazlangan ichimliklar va tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i va qo‘shimcha qiymat solig‘ini joriy etish bilan qisman erishish mumkin.
Shu bilan birga, neft qazib olish darajasi hozirgi ko‘rsatkich - kuniga 12,5 mln barrelda saqlab qolinadi. Biroq, tabiiy gaz qazib olish raqami 339,8 mln kub metrdan 504 mlngacha oshiriladi. Bunda, mamlakat hukumati neftni qayta ishlash hajmini kuniga 2,9 mln barreldan 3,3 mln barrelga chiqarishni rejalashtirgan.
Umuman, Dastur 543 loyiha va tashabbusni o‘z ichiga oladi. Ularni hayotga tatbiq etish uchun 270 mlrd riyol (72 mlrd dollar) mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, Muhammad ash-Shayxning matbuot anjumanida bildirishicha, yana 300 mlrd riyol (80 mlrd dollar) xususiy kompaniyalar tomonidan kiritiladi. Buning natijasida, xususiy sektorda 450 mingdan ortiq ish joyi yaratiladi.