Light | 22:02 / 07.06.2016
9330
2 daqiqa o‘qiladi

«Semiz va bemorlar»ga asqatuvchi foydali videorolik taqdim etildi

Lifehacker.ru sayti tomondan insonning to‘g‘ri ovqatlanishi va sog‘lom yashash tarzi haqida foydali maslahatlar beruvchi maxsus hujjatli videorolik taqdim etildi. Viyeorolikda muallifning bevosita turli soha vakillari bilan suhbat olib borib, to‘g‘ri ovqatlanishning foydali jihatlari, noto‘g‘ri ovqatlanish, ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga me'yoridan ortiq mukkasidan ketish, shuningdek, chekish, spirtli ichimliklar iste'mol qilishning sog‘liqqa naqadar ziyon ekanligi haqida ochib berishga harakat qilgan. 

Shifokorlarning umidsiz tasallisidan so‘ng 150 kg vaznli 40 yoshli avstraliyalik tadbirkor Jo Kross, 8 yil davomida qabul qilgan xapdorilaridan voz kechib, sharbatsiqqich sotib oldi. 

Endi u 60 kun davomida faqat yangi mevalardan tayyorlangan sharbatlarni ichib, sabzavotlar va ko‘katlarni iste'mol qilib, ushbu muolaja uning sog‘lig‘i va ortiqcha vazndan qutilishiga qay darajada yordam berishini sinab ko‘rishga ahd qildi.