Fan-texnika | 18:32 / 07.06.2016
5064
1 daqiqa o‘qiladi

Siri xizmati chaqaloqning hayotini saqlab qolishga yordam berdi

Avstraliyada chaqaloq to‘satdan nafas olishdan to‘xtagani uchun uning onasi shifokorlarni yordamga chaqirish maqsadida Siri ovoz yordami (savol-javob dasturi)dan foydalandi. Bu haqida Mashable nashri xabar beradi.

Ayol bir yoshli farzandining nafas yo‘llari qisilib, ko‘karishni boshlaganida telefondan uzoqda bo‘lgan va tez yordam xizmatini chaqirish uchun «Salom, Siri», funksiyasidan foydalangan.

Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Siri xizmati tezda shifokorlarni chaqirgan. Shundan so‘ng tez yordam guruhi o‘z vaqtida yetib kelib, qizchani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.