O‘zbekiston | 13:50 / 07.06.2016
5327
2 daqiqa o‘qiladi

Voronejda «O‘zbekiston havo yo‘llari» taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston vakillari 1-4 iyun kunlari Rossiyaning Voronej shahriga tashrifni amalga oshirdi. Ushbu safar Voronej va Toshkent o‘rtasida doimiy aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish arafasida amalga oshirilgan.

Delegatsiya tarkibiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK vakillari, sayyohlik agentliklari va respublika biznesi namoyondalari kirishgan. 

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi mahalliy biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etishgan. 

O‘zbekiston vakillari o‘z turistik imkoniyatlarini namoyish qilish bilan bir vaqtda hududning sayohlik imkoniyatlariga ham baho berishgan. Delegatsiya vakilari hudud mehmonxonalari va sanatoriyalarida bo‘lishgan.

«Voronej»  aeroportining bosh direktori Aleksandr Belevich aerportda birinchi chet el aviakompaniyasi paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlagan. Uniing aytishicha, bu hudud aholisiga butun Janubiy-Sharqiy Osiyo uchun yo‘l ochib beradi. Belevich kelajakda aeroportda Gruziya va Ozarbayjon yo‘nalishlariga ham yo‘l ochilishiga umid bildirdi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK faoliyati bilan ham tanishtirishgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» 14 iyundan Voronej - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Reys haftaning seshanba kunlari Airbus-A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Ehtiyojga qarab, reyslarning soni oshirilishi mumkin.