Jamiyat | 15:24 / 08.06.2016
4700
1 daqiqa o‘qiladi
114 yoshli kampir Ispaniyaning eng keksa fuqarosi deb topildi
Barselonadagi qariyalar uyida istiqomat qiluvchi Anna Vela Ispaniyaning eng yoshi katta kishisi deya e'tirof etildi, deb xabar qilgan The Local.
U 114 yil 221 kunni ortda qoldirgan.
Bundan tashqari, Vela Ispaniyada qachonlardir yashagan eng qari kishi hamdir. Yevropaning uzoq umr ko‘rayotgan kishilari ro‘yxatida Anna ikkinchi o‘rinda bo‘lib, 116 yoshli italyan ayoli Emme Moranodan 2 yilga yoshroq.
Vela 1901 yil 30 oktabrida Qordobada tavallud topgan. 1940 yilda u Barselonaga ko‘chib o‘tgan. Anna bu yerda tikuvchi bo‘lib ishlagan. Ayni vaqtda, rekordchi kampir 88 yoshli qizi bilan qariyalar uyida istiqomat qiladi.
Nashrning qayd etishicha, ispaniyaliklar uzoq umr kurish bo‘yicha dunyoda yetakchi halqlardan biridir.