Jahon | 07:18 / 08.06.2016
4777
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda Shimoliy Koreya yana plutoniy ishlab chiqarishni boshlagani ma'lum qilindi
Shimoliy Koreya rahbariyati yana plutoniy yonilg‘isi ishlab chiqarishni boshlashga kirishdi, deb ma'lum qildi AQShlik yuqori lavozimli amaldor. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Shimoliy Koreyada yuz berayotgan barcha narsa xavotir uyg‘otadi. Ular Yonbendagi 5 megavattli reaktordan ishlab bo‘lingan yonilg‘ini olib, uni sovutib, qayta ishlovchi qurilmaga joylashtirishadi. Ular aynan shu yo‘l bilan avvalgi yadroviy sinovlarni o‘tkazish uchun plutoniy olishgan. Shu tariqa ular bu jarayonni takrorlamoqdalar", deb aytdi amaldor.
Amaldor, shuningdek, avvalroq MAGATE Shimoliy Koreyada plutoniy ishlab chiqarish alomatlari mavjudligi haqida aytgan xabarini tasdiqladi.