Aqto‘bedagi teraktlarning yana bir ishtirokchisi qo‘lga olindi
Qozog‘iston politsiyasi 5 iyun kuni Aqto‘bedagi teraktlarda ishtirok etishda gumon qilingan yana bir shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston IIV matbuot xizmati boshlig‘i Almasbek Sadubayevga asoslanib xabar tarqatgan.
Bugun ertalab soat 6da Xobda posyolkasida yana bir jinoyatchi qo‘lga olindi. Qolgan 6 jinoyatchini qidirish ishlari davom etmoqda", degan Sadubayev.
U shuningdek, maxsus xizmatlar vakillari jinoyatchilarni qidirish jarayonida tegishli me'yorlarga amal qilgan holda va Aqto‘be aholisi xavfsizligini e'tiborga olib harakatlanmoqda.
Sadubayevning qo‘shimcha qilishicha, respublika bo‘ylab ayni vaqtda tinchlik hukm surmoqda.
Qozog‘iston prokuraturasi Aqto‘bedagi hujumdan keyin 20dan ortiq jinoiy ish ochilgani haqida ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, politsiya Aqto‘be shahrida 5 va 6 iyunda o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun Aqto‘be shahrida yashovchi Dmitriy Tanatarov, Aktyubinsk viloyati fuqarolari Arsen Tanatarov, Aydos Jubanov, Alibek Akpanbetov, Aydar Bashimov va Arman Aytugan, shuningdek, Qizilo‘rda viloyatida yashovchi Bakit Kuanishbayev va Oqmola viloyati fuqarosi Nurlan Seilov qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Qidiruvdagilarning eng kichigi 25 yoshda, kattasi esa 31 yoshga to‘lish arafasida ekani qayd etilgan.
Ayni vaqtgacha o‘tkazilgan aksilterror amaliyotlar natijasida 13 jangari o‘ldirilgan. Qo‘lga olinganlar soni 10 nafar.
Aqto‘bedagi teraktlar qurbonlari soni 7 kishiga yetgan. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev topshirig‘iga ko‘ra, qurbonlarning oilalariga 1 million tengedan beriladi.