Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika Kubogi: Kolumbiya Paragvayni yengib, guruhdagi birinchi o‘rinni kafolatladi
Amerika Kubogi — 2016 turnirining ikkinchi turida ham Kolumbiya terma jamoasi g‘alabaga erishdi. Paragvayga qarshi kechgan bahs 2:1 hisobida yakunlandi va bu g‘alaba kolumbiyaliklarga A guruhidan birinchi o‘rinni egallagan holda guruhdan chiqish imkonini taqdim etdi.
O‘yinning 12-daqiqasida Karlos Bakka hisobni ochdi, 30-daqiqada Xames Rodriges ikkinchi golni urdi.
71-daqiqada Viktor Ayyala javob goli muallifi bo‘ldi. Paragvayliklar vaziyatni o‘zgartira olishmadi, o‘yinning oxirgi 10 daqiqasida ular bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi - Oskar Romero 3 daqiqa ichida 2 marta ogohlantirildi va maydonni tark etdi.
Endilikda Kolumbiya 6 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘yinda kolumbiyaliklarga yengilgan AQSh 2-turda kosta-rikaliklarni yirik hisobda yengdi va ikkinchi o‘ringa joylashdi. Paragvay va Kosta-Rika hisobida bittadan ochko mavjud. AQSh keyingi uchrashuvda Paragvayni yengib, Kolumbiya Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lsa ham o‘rinlar o‘zgarmaydi, o‘zaro uchrashuvda kolumbiyaliklar ustun kelgani buni ta'minlaydi.
Kolumbiya – Paragvay 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Bakka, 2:0 – 30 Xames, 2:1 – 71 Ayyala.
Kolumbiya – Ospina, Sapata (Mina, 90), Dias, Aryas, Murilo, Peres (Selis, 58), Torres, Xames, Kuadrado (Moreno, 87), Kardona, Bakka.
Paragvay – Vilyar, Gomes, Samudio, Valdes, da Silva, Almiron, Piris (Ayyala, 46), Ortis, Romero, Leskano (Sanabriya, 67), Benites (Benites, 46).
Ogohlantirishlar: Murilo (45), Leskano (63), Romero (79).
Chetlatish: Romero (81).