Jamiyat | 18:25 / 08.06.2016
10321
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik quyosh botishini suratga olish vaqtida halok bo‘ldi

AQShning Nyu-Jyersi shtatida bir erkak plyajda botayotgan quyoshni suratga olaman deb baland joyga ko‘tarildi. Ammo muvozanatini saqlay olmay yerga qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Politsiya xodimlarining xabar berishicha, 68 yoshli Mark Saymon o‘z rafiasi bilan Sand Beach plyajida 12 metr balandlikka ko‘tarilgan. U rafiqasini mashinada qoldirib, o‘zi ufqni suratga olish uchun ketadi. Ammo eri hadeb qaytavermaganidan xavotirlangan ayol politsiya xodimlarini chaqiradi.

Saymonning jasadi oqim kelib uriladigan toshlar orasida bo‘lganligi uchun, marhumning jasadini faqatgina suv pasaygach, olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.