O‘zbekiston | 10:16 / 08.06.2016
5940
6 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yilning 5 oyi davomida aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi

Buxoro viloyati mehnat Bosh boshqarmasida OAV xodimlariga 2016 yilning 5 oyi davomida aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berildi.

Mehnat resurslari balansi:
Monitoring natijalariga ko‘ra, viloyatdagi jami aholi soni 1817,8 ming nafarni tashkil qilgan holda mehnat resurslari, ya'ni ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan band bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi 1061,2 ming nafarni yoki umumiy aholi soniga nisbatan 58,4 foizni tashkil etmoqda. 

Mehnat resurslaridan 872,9 ming nafari iqtisodiy faol, 188,2 nafari iqtisodiy nofaol aholini; 
Iqtisodiy faol aholidan ish bilan band bo‘lganlar 822,6 ming kishini yoki mehnat resurslariga nisbatan 77,5 foizni; 

Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha: 
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 oktabrdagi 9-sonli yig‘ilish bayoni, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 16 noyabrdagi 286-III-sonli, Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli, Xalq deputatlari Buxoro viloyat hokimining 2016 yil 17fevraldagi 75-sonli “2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashdasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq viloyatda 2016 yilda 73770 ta ish o‘rinlari Dasturi bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari ma'qullanib, tasdiqlandi.

Joriy yilning yanvar - may oylarida dasturning barcha yo‘nalishlarida 9,3 mingta loyihalarda 29,8 mingta ish o‘rinlari yaratildi.
Shundan maqsadli dasturga asosan;
- sanoatda 140 ta loyihada 2383 ta; 
- xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 189 ta loyihada 1010 ta;
- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 120 ta loyihada 564 ta;
- qurilish va ijtimoiy infratuzilma obektlarida 138 ta loyihada 1232 ta; 
- ishlamayotgan  korxonalar faoliyatini tiklashda 108 ta loyihada 587 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, tijorat banklarining kreditlari hisobiga 1049 ta loyihada 5008 ta;
- yakka tartibdagi tadbirkorlik yo‘nalishida 5510 ta;
- uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga 1285 ta loyihada 8923 ta;
- dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga 952 ta loyihada 4629 ta ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta'minlandi.

Bandlik dasturining bajarilishi.
2016 yilning 5 oyida Bandlikka ko‘maklashish markazlariga 6619 nafar fuqarolar ish so‘rab murojaat qilgan.

Dasturga asosan 6794 nafari ish bilan ta'minlash rejalashtirilib, amalda 6250 nafari mavjud bo‘sh, kvota va yangi yaratilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.

Ijtimoiy himoyaga olingan 55 nafar ishsizlar esa haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, jumladan aholi punktlarini obodonlashtirish, yo‘llar qurilishi va qayta qurilishi, qishloq xo‘jaligi  kabi ishlarga jalb etildi.

Ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslardan 64 nafari mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra kasbga qayta tayyorlash va o‘qitishga yuborildi.

Kvotalangan ish o‘rinlaridan
Ijtimoiy muhofazaga  muhtoj va  ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan (kvotalangan) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish bo‘yicha 1524 ta korxona va tashkilotlarda jami 7720 ta, ish o‘rinlari band qilib qo‘yilgan. Jumladan, 14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va ko‘p bolali ota-onalar uchun 1661 ta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek oliy o‘quv yurtida davlat granti asosida ta'lim olgan bitiruvchilar uchun 4688 ta, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar uchun 421 ta, nogironlar uchun 212 ta, pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 137 ta, jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilganlar uchun 268 ta, odam savdosidan jabrlanganlar uchun 116 ta, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning boshqa toifalari uchun (safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar, kichik yoshli bolalari bo‘lgan ishlamayotgan ayollar , ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan og‘riyotganlar) 217 ta ish o‘rinlari band qilingan.

Joriy yilning 5 oyi davomida band qilib qo‘yilgan kvota ish o‘rinlariga 1632 nafar (21,5 foiz) ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.

Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida:
Viloyat bo‘yicha jami 15703 ta korxona va tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 1283 tasi yirik, 14420 tasi kichik korxona va tashkilotlar, mikrofirmalar, 5424 tasi  fermer xo‘jaliklari bo‘lib, shundan 2069 tasi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etadi.

Shundan har oylik Bandlikka ko‘maklashish markazlariga hisobot topshirishi lozim bo‘lgan 3258 ta korxona va tashkilotlar hisoblanadi.

2016 yilning 7 iyun holatiga viloyat bo‘yicha 6369 ta bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma'lumotlar olindi.           

Mehnat yarmarkasi o‘tkazish bo‘yicha;
2016 yilning 5 oyi davomida Bandlikka ko‘maklashish markazlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 45 marotaba «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari» o‘tkazildi. 

Ushbu yarmarkalarda 1184 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 9079 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 

Yarmarkalarda jami 4460 nafar ishsiz fuqarolar ishtiroki ta'minlandi. Qatnashganlarning 1597 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Tashkil etilgan yarmarkalar davomida 2863 nafar fuqarolarga «Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi Qonun talablari doirasida maslahat va tushuntirishlar berildi.