Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2016’dan keyin futbol bo‘yicha Italiya termasi bosh murabbiyi Ventura bo‘ladi
Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Karlo Tavekkio Yevro-2016 musobaqasidan keyin milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini "Torino" klubi bosh murabbiyi Jampero Ventura egallashini ma'lum qildi. Bu haqda La Gazetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 68 yoshli Ventura 1,3 million yevrolik maosh bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Tavekkio, shuningdek, Ventura bu lavozimga "jamoalarni boshqarishdagi boy tajribasi va yuqori ma'naviy sifatlari" sababli tanlanganini qo‘shimcha qildi.
Terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Antonio Kontening Italiya futbol federatsiyasi bilan shartnomasi Yevro-2016’dan keyin yakunlanadi, shundan keyin u "Chelsi" klubiga murabbiylik qilishni boshladi. Konte klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Ventura murabbiylik faoliyatini 1976 yilda "Sampdoriya"ning yoshlar jamoasida ishlashdan boshlagan. Shundan keyin u "Venetsiya", "Lechche", "Sampdoriya", "Udineze", "Napoli" kabi klublarga murabbiylik qilgan. U eng uzoq vaqt, ya'ni 2011 yildan 2016 yilgacha "Torino"ga murabbiylik qilgan. Ventura klubga Italiyaning oliy divizioniga chiqishida yordam bergan.