Sport | 08:15 / 08.06.2016
6872
2 daqiqa o‘qiladi

FIDE prezidenti Ilyumjinov AQShdan 50 mlrd dollar tovon puli talab qilmoqda

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov AQSh moliya vazirligidan 50 mlrd dollar tovon puli talab qilmoqda.  

May oxirida Ilyumjinov AQSh moliya vazirligi ustidan sudga da'vo arizasi berdi. Bunga esa AQSh moliya vazirligi avvalroq Ilyumjinovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgani sabab bo‘ldi.

"Bu haftada AQSh moliya vazirligi mening sudga bergan arizam bo‘yicha javob bilan chiqdi. Ular menga qandaydir hujjatlar yuborishi kerak, ularning kelishini hafta oxiriga kutmoqdaman. Bizda AQSh moliya vazirligi bilan aloqa borligi va rasmiy munosabatlar boshlangani yaxshi. Ko‘pincha ular bunday narsalarga hattoki e'tibor ham bermaydilar. 

Men ulardan uzr so‘rashlarini va 50 mlrd dollar tovon puli olishni istamoqdaman. AQShning 17 trln dollar qarzi bor va men so‘ragan arzimagan puldan ularga issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Bu pullarni men AQShda shaxmatning rivojlanishiga tikmoqchiman. Amerikaga Fisher ruhini qaytarmoqchiman", deb aytdi Ilyumjinov.