Jahon | 12:10 / 08.06.2016
8614
2 daqiqa o‘qiladi

Fortune jurnali eng yirik korporatsiyalar reytingini taqdim etdi

Fortune jurnali dunyoning eng yirik 500 korporatsiyasi ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingda nufuzli 1-o‘rin «Walmart» supermarketlar zanjiriga nasib etdi. Uning daromadi 482,130 milliard dollarni tashkil qildi. 

2-o‘ringa 246,204 milliard dollar yillik daromadga ega «Exxon Mobil» neft kompaniyasi loyiq deb topildi. 

3-o‘rinda esa Apple kompaniyasi qayd etildi. Uning yillik daromadi 233,715 milliard dollardan iborat bo‘ldi. Bir yil avval Kupertino kompaniyasi bu reytingda 5-o‘rinni egallagan edi, bu yil esa u ikki o‘rin yuqoriga ko‘tarildi. 

Eng yirik korporatsiyalar ro‘yxatining 4- va 5- o‘rinlarini 210,821 hamda 181,241 milliard dollar daromad bilan Berkshire Hathaway va McKesson kompaniyalari egallashdi. 

6- hamda 7- pog‘onalardan UnitedHealth Group va CVS Health kompaniyalari joy olib, ularning yillik daromadi 157,107 hamda 153,290 milliard dollardan iborat bo‘ldi. 

8-o‘rin 152,356 milliard dollar daromadga ega bo‘lgan General Motors kompaniyasiga nasib etdi. 

Nihoyat, 9- hamda 10- o‘rinlarni Ford Motor va AT&T kompaniyalari egallashdi. Ularning yillik daromadi 149,558 va 146,801 milliard dollarni tashkil etdi.