Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol o‘zining onasini erining o‘smirlikdagi suratida aniqladi
Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi yosh oila ularning hayot yo‘llari ular bir-birlari bilan shaxsan tanishgunlarigacha tutashganini aniqlashdi. Lyu Yikin o‘z onasini 16 yil avval suratga olingan erining suratida aniqladi. Bu haqda People's Daily Online ma'lum qildi.
Yikinning aytishicha, u buni o‘z erining suratlarini to‘ylarigacha bir hafta qolganda ko‘zdan kechirayotganda aniqlagan.

2000 yil bilan sanalangan suratlardan birida (unda ayolning eri 14 yoshda bo‘lgan), u tanish qiyofani ko‘rgan. Ayol erining ortida yorqin qizil rangdagi kurtkada onasi turganini ko‘rgan.

Ko‘rinishicha, 2000 yilda Yikinning eri o‘zining bo‘lg‘usi qaynonasi bilan bir vaqtda Usi shahridagi Budda haykaliga ekskursiyaga borishgan.
Shundan keyin Lyu o‘shanda onasi safardan olib kelgan suratni topgan. Unda ayol xuddi birinchi suratdagidek alfozda turgan bo‘lgan.
Aniqlanishicha, Lyuning eri va onasining o‘sha safarda olgan chiptalari ham saqlanib qolgan bo‘lib, ularda qo‘yilgan sanalar ham mos kelgan.
Ushbu voqea Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ommalashib ketdi, mamlakat aholisi esa bunda xayrli ishora ko‘rdi: ko‘rinishicha, bo‘lg‘usi er-xotinning uchrashuvi "taqdiri azal tomonidan bitilgan bo‘lgan".
