Texnologiya | 21:25 / 08.06.2016
3774
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik erkak internet orqali shimi va zarur buyumlarini topishga muvaffaq bo‘ldi

Kanadalik erkak tungi sayr vaqtida shimini yo‘qotib qo‘ydi va  Reddit foydalanuvchisi sharofati bilan uni qaytarib oldi. Bu haqida CBC News xabar beradi.
Erkak 80 yoshli buvisining yubileyini  nishonlash uchun Galifaksga tashrif buyurgan edi. Tug‘ilgan kundan so‘ng u jiyanlari bilan sayr qilgani chiqadi.  

Ertasi kuni esa u mehmonxonada uyg‘ongach, shimni yo‘qolib qolganini  sezadi. Shimda uning telefoni va hamyoni bor edi. Mehmonxona xodimlari uning shimsiz kelganini aniqlab berishdi.

Shunda u  Reddit saytida bo‘lgan voqeani yozib, foydalanuvchilardan shimni topishga yordam berishlarini so‘rab murojaat qildi. Murojaat qilingan kundan bir kun o‘tgach, foydalanuvchilardan biri shimni topganini va uni mehmonxona ma'muriyatiga hamyon hamda telefon bilan qaytarib berganini xabar qilgan. 

Reddit — 2005 yilda ishga tushgan ijtimoiy yangiliklar sayti. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish