Jahon | 09:52 / 08.06.2016
4340
2 daqiqa o‘qiladi

Kemeron: Brexit «Buyuk Britaniya»ni «kichik Angliya»ga aylantiradi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Mustaqillik partiyasi yetakchisi Nayjyel Faraj bilan o‘tkazgan munozaralarida bayonot berishicha, YeIdan norozilik undan chiqishga sabab bo‘lishi kerak emas, aks holda «Buyuk Britaniya» «kichik Angliya»ga aylanib qoladi, deb yozmoqda The Independent.

"Men, agar chiqsak, iqtisodiyotimizga zarar yetishidan xavotirdaman. Chunki, biz muhim bozorni qo‘ldan chiqaramiz. Shunga ko‘ra, o‘ylaymanki, britaniyaliklar Nayjyel Farajning«kichik Angliya» bo‘yicha taklifini ma'qullash o‘rniga, Buyuk Britaniya uchun kurashishi lozim", — degan bosh vazir.

Kemeronning fikricha, YeI bilan Buyuk Britaniyaning tashkilotdagi imtiyozli a'zoligiga oid yangi kelishuvlarga erishilishi, mamlakat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etmoqda. 

Devid Kemeron may oyi oxirlarida, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida qolishi uning milliy manfaatlariga javob berishini aytgandi. 

23 iyun kuni Birlashgan qirollikning Ittifoqqa a'zoligiga oydinlik kirituvchi referendum bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish