Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Aqto‘bedagi teraktlarga aloqador shaxslarni yo‘q qilishni buyurdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Vladimir Jumakanov bilan uchrashdi. U davlat rahbariga Aqto‘be viloyatidagi aksilterror operatsiya natijalari haqida hisobot berdi. Bu haqida 8 iyun kuni Qozog‘iston prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Nazarboyevning ma'lum qilishicha, maxsus xizmat xodimlari mintaqadagi teraktga aloqador kishilarning shaxsini aniqlashgan.
"Jinoyatchilarning barchasini qo‘lga olish kerak. Qurolli qarshilik ko‘rsatilgan taqdirda yo‘q qilinsin. Hamma ishtirokchilar qat'iy jazolanishi shart", - deya ta'kidladi u.
Milliy xavfsizlik xizmati raisi prezidentga 13 nafar ekstremistning yo‘q qilingani, 14 nafarining yaralangani va yana 6 kishining qidiruvda ekanligini ma'lum qildi. Jumakanov shuningdek hujumga tayyorgarlik jarayonida 20 kishining undan voz kechganini bildirdi. Xavfsizlik kuchlari ularning shaxsini aniqlab, so‘roqqa tutishgan.