Nazarboyev: Qozog‘istondagi voqealarda "rangli inqilob" alomatlari ko‘rindi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, mamlakatda "rangli inqilob" amalga oshirish uchun harakat kuzatildi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar tarqatgan.
U hukumat ekstremistlar va terroristlarga qarshi kurash uchun eng keskin choralar ko‘rishini bildirgan. Nazarboyev davlat buning uchun yetarlicha kuchga ega ekanini ta'kidlagan.
"Biz barchasini bilamiz, "rangli inqiloblar" turli metodlar vositasida, mitinglar bilan boshlanib, qotilliklar bilan davom ettiriladi va davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qilinadi. Bunday alomatlar bizning mamlakatimizda ham kuzatildi", degan Nazarboyev.
Bundan oldinroq, Qozog‘istonda 9 iyun kuni Aqto‘be teraktlari tufayli motam sifatida e'lon qilingani haqida xabar berilgandi.