Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 07:58 / 08.06.2016
4173
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-York ko‘chalaridan biriga vaqtinchalik Muhammad Ali nomi berildi
Nyu-York rahbariyati shahar ko‘chalaridan birini vaqtinchalik afsonaviy bokschi Muhammad Ali nomi bilan o‘zgartirdi. Ali 3 iyunda 74 yoshida vafot etdi.
"Bugun biz shahrimiz markazida buyuk insonga hurmat bajo keltirmoqdamiz. U shahar ko‘chalaridan biri uning nomi bilan atalishiga munosibdir", deb Nyu-York meri Bill de Blazio aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi The Telegraph nashri.
Ko‘cha shahar kengashi ma'qullagandan va mer tomonidan tegishli qaror imzolangandan keyin doimiy asosda o‘zgartiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish